JCh-2018. Angliya katta ustunlik bilan Shvetsiyani mag‘lub etdi

Bugun ham jahon chempionatining chorak final o‘yinlari davom etadi. Dastlabki o‘yin — Angliya va Shvetsiya o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi.
Inglizlarning katta ustunligi ostida o‘tgan o‘yinda Angliya 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Aslida o‘yinda favorit yo‘q, deya hisoblashayotgan edi. Lekin inglizlar raqibga deyarli imkoniyat bermadi.
Endi ular xotirjam dav olib, yarim finaldagi raqibini kutishadi. Yarim finalning oxirgi yo‘llanmasi uchun kurash soat 23:00 da Rossiya va Xorvatiya uchrashuvida boshlanadi.
JCh-2018, chorak final
Shvetsiya – Angliya 0:2
Gollar: 0:1 – 30 Maguayr, 0:2 – 58 Alli.
Shvetsiya: Olsen, Lindelef, Augustinsson, Kraft (Yansson, 85), Grankvist, Larsson, Klasson, Ekdal, Forsberg (Olsson, 65), Toyvonen (Gvidetti, 65), Berg.
Angliya: Pikford, Uoker, Stounz, Yang, Maguayr, Alli (Delf, 77), Lingard, Sterling (Reshford, 90), Xenderson (Dayer, 85), Tripper, Keyn.
Ogohlantirishlar: Maguayr (87), Gvidetti (88).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter