JCh-2018. Yettinchi chorak finalchi nomi ma’lum bo‘ldi

JCh-2018 musobaqasi 1/8 finalidan o‘rin olgan Shvetsiya hamda Shveysariya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda shvedlarning qo‘li baland keldi.
O‘yin teng kurashlar ostida boshlandi, biroq shvedlarning hujumlari mazmunliroq va xavfliroq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim ham shunday tarzda boshlandi va bu tez orada o‘z samarasini berdi.
66-daqiqada Emil Forsbergning jarima maydoni tashqarisidan bergan zarbasi himoyachiga tegib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvozadan joy oldi. Bu gol o‘yin taqdirini hal qildi va Shvetsiya chorak finalga yo‘l oldi.
JCh-2018, 1/8 final
Shvetsiya – Shveysariya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 66 Forsberg.
Shvetsiya: Olsen, Lyustig (Kraft, 82), Lindelef, Grankvist, Augustinsson, Klasson, Svensson, Ekdal, Forsberg (Olsson, 82), Berg (Telin, 90), Toyvonen.
Shveysariya: Zommer, Lang, Juru, Akanji, Rodriges, Bexrami, Jaka, Shakiri, Jemaili (Seferovich, 73), Suber (Embolo, 73), Drmich.
Ogohlantirishlar: Lyustig (31), Bexrami (61), Jaka (68).
Chetlatish: Lang (90).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter