Nodirbek Abdusattorov vaziyatni biroz yaxshiladi
Samarqand shahridagi JChda rapid yo‘nalishining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida 9-tur yakuniga yetdi.
Musobaqada amaldagi jahon chempioni, norvegiyalik Magnus Karlsen 7 ochko bilan hamon peshqadamlik qilmoqda. Shuningdek, Vladimir Fedoseyev (Serbiya), Yangyi Yu (Xitoy) da ham 7 ochkodan mavjud.
Nodirbek Abdusattorov birinchi kun bahslaridagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin vaziyatni biroz o‘ngladi va 6 ochko bilan 28-o‘ringa ko‘tarildi. Yana bir hamyurtimiz Jahongir Vohidovda ham 6 ochko bor.
Bugun, 28 dekabr kuni 10-13-tur uchrashuvlari bilan rapid bahslari yakunlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter