Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi xodimlar Mudofaa vazirligi maxsus kurslarida malaka oshiradi

Jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi xodimlar Mudofaa vazirligi maxsus kurslarida malaka oshiradi

Foto:Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Qoraqalpog‘iston Respublikasida tajriba tariqasida jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi xodimlarni Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugiga qarashli harbiy qism bazasida ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslarida muntazam o‘qitish tizimini joriy etishga kirishildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur yangilik O‘zbekiston «Qoraqalpog‘iston Respublikasida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoyishi ijrosi bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

Farmoyish asosida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasiga ko‘ra, Nukus shahri va tumanlarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda aholini ma’naviy-ma’rifiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaning Mudofaa vazirligi bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.

Foto:Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mazkur hujjat ijrosi yuzasidan Nukus shahri Yoshlar markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari hamkorligida «Jinoyatchilikning oldini olishning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar» deb nomlangan anjuman o‘tkazildi.

Anjuman doirasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini va sportni ommalashtirish maqsadida tashkil etiladigan sport musobaqalari, ommaviy sport festivallari va spartakiadalar, suhbat-treninglarni o‘tkazishda «Fidokor yoshlar» jamoatchilik guruhlariga eng ilg‘or harbiy xizmatchilar, askarlar ham kiritilishi belgilab olindi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring