«Jismoniy shaxslarning soliqlari hisobidan xarajatlar» moduli ishga tushiriladi
2026-yil 1-yanvardan «Ochiq budjet» portalida jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan soliqlar hisobidan amalga oshiriladigan budjet xarajatlari ma’lumotlarini o‘zida aks ettiruvchi «Jismoniy shaxslarning soliqlari hisobidan xarajatlar» moduli ishga tushiriladi. Bu «Soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish va faol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarorida ko‘zda tutilgan.
Bunda quyidagilar doimiy ravishda e’lon qilib boriladi:
- jismoniy shaxs tomonidan muayyan davrda to‘langan daromad solig‘i, mol-mulk va yer solig‘i to‘g‘risidagi ma’lumot;
- to‘langan soliqlar evaziga Davlat budjetidan amalga oshirilgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
2026-yil 1-yanvardan Namanganda yangi soliq boshqaruvi modelini joriy etish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutgan holda eksperiment o‘tkaziladi:
- jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va (yoki) yer solig‘i bo‘yicha 1 mln so‘mdan oshgan soliq qarzdorligini undirishda elektr energiyasining billing tizimi mexanizmidan foydalanishni joriy etish;
- soliq organlari faoliyatini baholashda inson omili ta’sirisiz avtomatik shakllanadigan eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini joriy etishni tizimli davom ettirish.
2026-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulklarni ijaraga berishdan olingan daromad bo‘yicha to‘langan soliq to‘liq miqdorda mulk joylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetlariga yo‘naltiriladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter