Jizzax — avtotransportlarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha viloyatlar orasida yetakchi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar–may oylarida avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 10,6 trln so‘mni tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi:
- Toshkent shahri — 3 630,9 mlrd so‘m;
- Jizzax viloyati — 895 mlrd so‘m;
- Samarqand viloyati — 779,7 mlrd so‘m;
- Farg‘ona viloyati — 771,8 mlrd so‘m;
- Namangan viloyati — 679,2 mlrd so‘m;
- Toshkent viloyati — 646 mlrd so‘m;
- Qashqadaryo viloyati — 615,7 mlrd so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Resp. — 598,2 mlrd so‘m;
- Andijon viloyati — 530,6 mlrd so‘m;
- Xorazm viloyati — 433,9 mlrd so‘m;
- Buxoro viloyati — 412,2 mlrd so‘m;
- Surxondaryo viloyati — 320,2 mlrd so‘m;
- Navoiy viloyati — 204 mlrd so‘m;
- Sirdaryo viloyati — 67 mlrd so‘m.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter