Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi xodimi pora bilan ushlandi

O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi xodimi pora bilan ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Jizzax davlat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi o‘rmon noziri R.M. fuqaro U.dan unga bog‘dorchilik uchun ijaraga berilgan yer maydonida 14 dona terak va qayrag‘och daraxtlari noqonuniy kesilgani holati yuzasidan jarima qo‘llamaslik evaziga 3 mln so‘m pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Namanganda uddaburon valyutachi qo‘lga olingani xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring