Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug‘i bilan, shu kungacha Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi «Sport obektlari infratuzilmasini rivojlantirish injiniring kompaniyasi» DUKning Shartnoma munosabatlari sho‘basi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan Kulatov Sharof Qarshiboyevich Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Sharof Kulatov 1982 yil 19 fevral kuni Jizzax viloyati Zomin tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2004-yili Toshkent Davlat Agrar universitetini (bakalavr), 2006-yilda esa Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetini (magistratura) tamomlagan. Oilali, uch nafar farzandning otasi.
Mehnat faoliyatini 2004-yili «Asaka bank» OAJ Yunusobod filiali bosh mutaxassisi lavozimida boshlagan. 2010-2018 yillar mobaynida Xalq ta’limi vazirligida Nazorat va tahlil boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish respublika o‘quv-metodika Markazining moliyaviy iqtisodiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2020-yildan shu kungacha Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi «Sport obektlari infratuzilmasini rivojlantirish injiniring kompaniyasi» DUKda sho‘ba boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter