Jizzaxda 1,2 mlrd so‘mga qurib bitkazilgan stadion tomi qulab tushdi

Jizzax viloyati Baxmal tumani «Mustaqillik» mahallasidagi 48-maktab hududida qurilgan sun’iy qoplamali stadionning tom qismi qulab tushdi.
Jizzax viloyati hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati» IK DUKning bergan ma’lumotiga ko‘ra, mazkur ob’yekt ushbu unitar korxona buyurtmachiligida hamda «Suvinshoot qurilish loyiha» MChJ pudratchiligida qurilgan bo‘lib, loyiha shartnoma qiymati 1 milliard 190 million so‘mni tashkil etadi.
Unitar korxona olib borgan dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, stadion tom qismining qulab tushishiga shamol va qalin qor yog‘ishi sabab bo‘lgan. Buning natijasida sport maydonchasining tom qismi zarar ko‘rgan, ya’ni qulab tushgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va jabrlanganlar yo‘q.
Holat yuzasidan buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari boshlangan.
Pudrat tashkiloti tomonidan loyihaga muvofiq tiklash ishlari amalga oshirilishi va stadion tez kunlarda qayta tiklanib, foydalanishga topshirilishi aytildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter