Jizzaxda 42 tup qayrag‘och kesib ketildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi «Yuvest tog‘» fermer xo‘jaligi dala maydoni chetiga ihota maqsadida ekilgan 42 tup o‘sishdan to‘xtamagan qayrag‘och daraxtlari kesib ketilgan.
Viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, daraxtlar joriy yilning 11-yanvarida mazkur fermer xo‘jaligining ish yurituvchisi 1988-yilda tug‘ilgan J.J ismli fuqaro tomonidan kesib olingan.
«Hukumatning 2022 yil, 22 avgustdagi 464-sonli qarorining 4-ilovasiga asosan qayrag‘och daraxtlarining noqonuniy kesilishi natijasida o‘simlik dunyosiga 224 mln 400 ming miqdorida zarar yetkazilgan.
Paxtakor tumani prokuraturasi fuqaro J.J. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Tergov ishlari davom etmoqda», – deyiladi rasmiy ma’lumotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter