Jizzaxda avtohalokat, qurbon va jabrlanganlar bor

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, 4R-35 Jizzax-Sirdaryo avtomobil yo‘lining Do‘stlik tumani hududidan o‘tuvchi qismida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, viloyat FVBga soat 13:40 larda Lacetti va Nexia mashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘lgani va jabrlanuvchilar yordamga muhtojligi haqida xabar kelib tushgan. Shundan so‘ng voqea joyiga qutqaruvchilar yetib borgan va Lacetti salonida qisilib qolgan haydovchini chiqarib olishgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Gagarin-Jizzax yo‘nalishida harakatlanayotgan Nexia qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan Lacetti bilan to‘qnashgan. Oqibatda Nexia haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan. Lacetti haydovchisi va Nexia’da bo‘lgan uch nafar fuqaro turli tan jarohatlari bilan Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter