Jizzaxda bir oilaning ikki qizi YTH qurboni bo‘ldi
Joriy yilning 18-noyabr kuni soat 19:30 larda Jizzax viloyati Baxmal tumani hududidan o‘tgan «G‘allaorol-Baxmal-Supa-Zomin» 4R-41 yo‘lining 29-kilometrida odamlar o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi.
Viloyat IIB YHXX bergan ma’lumotga ko‘ra, Baxmal tumani Kaltatoy qishlog‘ida yashovchi 1991-yilda tug‘ilgan A.O «Cobalt» rusumli avtoulovini O‘smat yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib kelayotib, yo‘lning belgilangan joyidan kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan piyodalar – 2011-yilda tug‘ilgan I.M. va uning singlisi 2020 yilda tug‘ilgan I.K. larni urib yuborib, yo‘l transport hodisasini sodir qilgan.
Oqibatda opa-singillar turli tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan gumonlanuvchi O.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi va 117-modda 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushlangan va vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter