Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda cho‘ponni kaltaklab, 215 bosh qo‘yni olib ketishdi

Jizzaxda cho‘ponni kaltaklab, 215 bosh qo‘yni olib ketishdi

Shu yil 15-noyabr kuni Jizzax viloyatining Forish tumanida fuqaro M.A. IIBga murojaat qiladi. U joriy yilning 14-noyabr kuni 3 nafar noma’lum shaxs uni Forish tumani Arnasoy QFY hududida 1 300 bosh qo‘ylarni boqib yurganida tayoq bilan urib  215 bosh qo‘yini haydab ketganidan shikoyat qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni fuqarolar D.A., M.T. va T.Sh.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring