Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda Cobalt yonib kul bo‘ldi

Jizzaxda Cobalt yonib kul bo‘ldi

Kecha, 13 may kuni Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro U.A. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt mashinasi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘ldan chiqib ketgan va yonib ketgan.

Yong‘in natijasida avtomobil haydovchisi yelka, o‘ng qo‘l kafti va yuz qismi kuyishi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandning Nurobod tumanidagi mudhish YTHda 4 kishi halok bo‘lgandi. Unda ham Nexia-2 mashinasi yonib ketgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring