Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda er-xotin janjali ayanchli yakun topdi

Jizzaxda er-xotin janjali ayanchli yakun topdi

Foto: Xabar.uz

Jizzaxda er-xotin o‘zaro janjali oqibatida er ayolini pichoqlab qo‘ydi. Ayol voqea joyida vafot etdi.

Bu haqida Jizzax viloyati IIB xabar bermoqda.

2 sentyabr kuni Zarbdor tumani Yangi hayot mahallasida yashovchi er-xotin o‘zaro janjallashib qolgan. Hodisa davomida 1983 yilda tug‘ilgan xonadon sohibi turmush o‘rtog‘ining ko‘krak qafasi chap tomoniga o‘tkir tig‘li jism bilan bir necha marotaba hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Uy bekasi olgan jarohati tufayli hodisa joyida vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring