Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda erkakni ayolcha kiyintirib, so‘ng «shantaj» qilishdi

Jizzaxda erkakni ayolcha kiyintirib, so‘ng «shantaj» qilishdi

Jizzax viloyati Baxmal tumanida bir necha fuqaro tanishini ayollar kiyimida videoga olib, so‘ng internetda tarqatmaslik uchun undan pul talab qilishgan.

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, ular sherigini avval dalaga olib borgan va o‘sha yerda ayolcha kiyintirib, tasvirga tushirishgan. Shundan so‘ng videoni internetda tarqatib yuborish bilan tahdid qilgan.

Videoni tarqatmaslik uchun jabrlanuvchidan 100 dollar va 19,7 mln. so‘m pul so‘ragan va olib qo‘yishgan.

Ayni paytda ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring