Jizzaxda g‘alla rejasini bajargan fermerlarga mashina berildi

Jizzax viloyati hokimi g‘alla rejasini ortig‘i bilan bajargan fermerlarga avtomashinalar sovg‘a qildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Zafarobod tumanida tashkil etilgan mazkur tadbir avvalida viloyat hokimi Ergash Saliyev so‘zga chiqib, fermerlarga yaratilayotgan yengilliklar, kredit, yonilg‘i va kimyoviy o‘g‘itlar bilan ta’minlash tizimining takomillashuvi va nihoyat, ilg‘orlarga imtiyozli shartlar asosida avtomashina ajratilishi xususida fikr yuritildi. Bu yerga 10 ta «Kaptiva», «Jentra», «Kobalt», «Spark» rusumli mashinalari olib kelindi.
Shundan so‘ng viloyat hokimi tumanning Yo‘ldosh Oxunboboyev, Sobir Rahimov, «Tinchlik» va Koja Ahmet suv iste’molchilari uyushmalarining 10 nafar fermeriga avtomashina kalitlarini topshirdi.
Ma’lumot o‘rnida, bu yil viloyat g‘allakorlari 291 ming 526 tonnalik xirmon uyishni rejalashtirishgan bo‘lib, hosil salmog‘i va ish sur’ati bu rejaning ortig‘i bilan bajarilishida turtki bo‘lishi kutilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter