Jizzaxda gaz tarmog‘idan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz quyish shahobchasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Arnasoy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «A.» MChJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz quyish shahobchasiga o‘rnatilgan elektron gaz hisoblagich trubkasiga muhr o‘rnatmasdan gaz sarfini nolga tushirib foydalanib kelganliklari natijasida, «Arnasoy tumangaz» gaz filiali manfaatlariga 459,6 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter