Jizzaxda «Isuzu» va «Zil-130» o‘zaro to‘qnashib ketdi

8-avgust Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida, «Toshkent-Samarqand» yo‘nalishida haydovchi, 1996-yilda tug‘ilgan Z.N. boshqaruvida bo‘lgan «Isuzu» rusumli hamda haydovchi, 1971-yilda tug‘ilgan M.Q. boshqaruvida bo‘lgan «Zil-130» rusumli yuk avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
Natijada ikkala transport vositasi ham ag‘darilgan.
YTH natijasida «Isuzu» avtomobilining haydovchisiga hamda «Zil-130» rusumli avtomobilda bo‘lgan bir nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
YTH yuzasidan tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter