Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda mashina yonib ketdi, qurbon bor

Jizzaxda mashina yonib ketdi, qurbon bor

2022 yil 17 aprel kuni 4R-190 avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati Zafarobod tumani hududidan o‘tuvchi qismida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, soat 19:09 larda Zafarobod-Paxtakor yo‘nalishida harakatlanayotgan Nexia-2 mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Nexia-3 mashinasi bilan to‘qnashgan. To‘qnashuvdan so‘ng Nexia-2 mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Oqibatda bir nafar fuqaro vafot etgan, yana uch nafar fuqaro turli darajada tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring