Jizzaxda oltin rudasini qazib olayotganlar IIB tomonidan ushlandi

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan G‘allaorol tumanida yer osti boyliklarini talon-taroj qilishning oldini olishga qaratilgan tadbirlar muntazam uyushtirilmoqda.
Buloqboshi qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi Tangisoy tog‘idan oltin rudasini qaziyotgan 1995-yilda tug‘ilgan A.X. ushlandi. Buloqboshi qishlog‘ida yashovchi ushbu shaxsdan 1 dona elektrodvigatel, 1 dona perforator hamda 10 kilogramm ruda olingan.
Ayni mazmundagi noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan yana bir buloqboshilik, 1977-yilda tug‘ilgan A.K. ham ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Qonunbuzar 1 dona elektrodvigatel va 1 dona perforator yordamida Tangisoydan 10 kilogramm ruda qazib olganligi ma’lum bo‘ldi.
Holatlar yuzasidan G‘allaorol tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter