Jizzaxda podpolkovnik 13 yashar qizning hayotini saqlab qoldi

Zomin tumanida sodir bo‘lgan sel hodisasida podpolkovnik 13 yoshli qizning hayotini saqlab qoldi.
Bu haqda Jizzax viloyati IIB tomonidan taqdim etilgan lavhada ma’lumot berilgan.
Aytilishicha, Zomin tuman IIB boshlig‘i Farhod To‘ychiyev sel yo‘lidagi daraxtga chiqib jon saqlagan qizni qutqargan.
Shuningdek, yana ikki nafar IIB xodimi sel oqib ketayotgan ikki fuqaroni qutqarishga muvaffaq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 4-may kuni kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida Jizzax viloyatining ayrim hududlarida sel kuzatilgandi. FVV hodisa yuzasidan bayonot berib, bir kishi qutqarilganini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter