Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda qidiruvdagi ota o‘rniga sobiq ovsin aliment to‘ladi

Jizzaxda qidiruvdagi ota o‘rniga sobiq ovsin aliment to‘ladi

Oilaviy kelishmovchiliklar sabab ajrashgan ayrim ota-onalar farzandlari ta’minoti uchun belgilangan aliment majburiyatini bajarishdan bo‘yin tovlayotgani, afsuski, bolalar huquqlarining poymol bo‘lishiga olib kelmoqda.

Fuqaro A.I. ham shunday otalardan biri. Sud qaroriga muvofiq, u voyaga yetmagan farzandi uchun sobiq turmush o‘rtog‘i A.S. foydasiga aliment to‘lashi lozim bo‘lgan. Biroq, u o‘z majburiyatini bajarmay, 20 million so‘m qarzdorlikka yo‘l qo‘ygan.

Qarzdorni topishning imkoni bo‘lmaganligi sababli, muqaddam unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Majburiy ijro byurosi G‘allaorol tumani bo‘limi davlat ijrochilarining sa’y-harakatlari natijasida qarzdorning akasining turmush o‘rtog‘i, ya’ni undiruvchining sobiq ovsini jiyaniga bo‘lgan mehri va moddiy ta’minotdan uzilib qolmasligi uchun uning foydasiga 10 million so‘m aliment puli to‘lab berildi.

Qarzni to‘lash jarayonida bolaning yangasi ushbu mablag‘ni faqat begunoh farzandlarga rahmi kelgani uchun to‘layotganini, bolalar taqdiri na otani, na onasini o‘ylantirayotganini ta’kidlab, taassuf bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring