Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda qulagan uy bo‘yicha qator mansabdor shaxslarga jinoyat ishi ochildi

Jizzaxda qulagan uy bo‘yicha qator mansabdor shaxslarga jinoyat ishi ochildi

Joriy yil 10-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda yangi qurilgan ko‘p qavatli bino qulab tushgandi. Holatni o‘rganish yuzasidan Hukumat komissiyasi tuzilib, Bosh prokuratura rasmiy bayonot ham bergandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring