Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda tanishlarning «ulfatchiligi» o‘lim bilan yakunlandi

Jizzaxda tanishlarning «ulfatchiligi» o‘lim bilan yakunlandi

Foto:«7News.Uz»

Joriy yilning 4-iyun kuni Jizzax shahar, «Hayrobod» mahallasida yashovchi A.B. (1966-y.t.) Sharof Rashidov tumani, «Xayrobod» mahallasi hududida joylashgan fermer xo‘jaligiga qarashli dala maydonida tanishi F.X. (1965-y.t.) bilan spirtli ichimlik iste’mol qilgan, so‘ngra o‘zaro kelishmovchilik oqibatida kelib chiqqan janjal natijasida oshxona pichog‘i bilan F.X.ning ko‘krak qafasiga bir marotaba urib, sanchilib kesiluvchi jarohat yetkazgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, F.X. voqea joyidan tan jarohati bilan qochishga urinib, dala maydonida ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tuman prokuraturasi tomonidan A.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

A.B. tegishli protsessual tartibda ushlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring