Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda ulfatlarning o‘tirishi fojiali tugadi

Jizzaxda ulfatlarning o‘tirishi fojiali tugadi

Illyustrativ foto

Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanidagi ulfatlar uchrashuvi ayanchli tugadi.  Mirzacho‘l tuman ichki ishlar bo‘limi voqea tafsilotlarini «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Voqea 2-may kuni sodir bo‘lgan. 1995-yilda tug‘ilgan B.S. (Mirzacho‘l tumani Mirzadala ShFY Iqbol ko‘chasida yashovchi) va 1994-yilda tug‘ilgan B.M. (G‘alaba MFY, O‘zbekiston ko‘chasida istiqomat qiluvchi) 5 nafar tanishi bilan Do‘stlik MFY hududida joylashgan kafelarning birida o‘tirib, spirtli ichimliklar ichishadi. Kayfi oshgan B.M. sherigi B.Sni haqorat qilishni boshlaydi. Oqibatda jahlini bosolmagan B.S. yonidagi qayirma pichoq bilan B.M.ga hamla qilib, tanasining turli joylariga jarohat yetkazadi.

Tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, B.M. vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi bizga berilgan xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring