Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda yangi avtomobil zavodi qurib bitkazildi. Bir oydan keyin «Volkswagen Caddy» sotuvga chiqariladi

Jizzaxda yangi avtomobil zavodi qurib bitkazildi. Bir oydan keyin «Volkswagen Caddy» sotuvga chiqariladi

Joriy yilning mart oyida «O‘zavtosanoat» AJ va «Folksvagen Grup Rus» konserni o‘rtasida «Jizzax Avtomobil Zavodi» MChJ kompaniyasi bazasida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Kelishuv imzolangan edi. Bugungi kunda 45 gektar maydonda joylashgan zavodning qurilish ishlari yakuniy bosqichida turibdi. Zavod va ofisning asosiy qismi binolari bitkazildi va foydalanish uchun tayyor, deyiladi «O‘zavtosanoat» xabarida.

Yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarish jarayonini jadallashtirish maqsadida O‘zbekistonga «Volkswagen Caddy» avtomobillarining bir qismi keltirilib, ular sertifikatsiya bo‘yicha vakolatli organlarga iqlim sinovlar va omologatsiya bo‘yicha maxsus tekshiruvlardan o‘tkazish uchun topshirilgan.

Bir vaqtning o‘zida «Jizzax Avto» MChJ tomonidan «Folksvagen» dilerlik tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida respublika hududlaridagi qator dilerlik korxonalar hamkorlik qilish uchun tanlab olindi. Ta’kidlanishicha, «Volkswagen Caddy» rusumli avtomobillar savdosi shu yilning iyul oyidan boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun: «Volkswagen Caddy» — 7 o‘rindiqli (5 o‘rindiqli ko‘rinishi ham mavjud) yo‘lovchi va yuk miniveni. Avtomobil ham biznes yuritishga, ham oilaviy foydalanish uchun to‘g‘ri keladi. Tejamkor va texnologik (MPI) dvigatel 1,6 litr quvvatga ega, benzinda ishlaydi. Yoqilg‘i sarfi – shaharda 100 km.ga 9,3 litr, trassada  100 km.ga 6,1 litr.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring