Jizzaxda yangi OTM tashkil qilinadi

Jizzax shahrida «N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy tekshirish tibbiyot universiteti» Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi filiali va filial klinikasi tashkil etilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasining bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.
Filial va Filial klinikasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quydagilar belgilanmoqda:
- respublikaning sog‘liqni saqlash sohasi tarmoqlaridagi muhim
tibbiy-kasbiy va tibbiy-texnologik vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan yuqori malakali tibbiyot kadrlarni tizimli-uzluksiz xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; - davolash ishi, pediatriya ishi, stomatologiya, farmatsiya va tibbiyotning boshqa sohalarida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish;
- sog‘liqni saqlash sohasida tibbiyot kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan yangi ta’lim dasturlari hamda o‘qitish shakllarini ishlab chiqish va tatbiq etish;
- tibbiy ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning yaqin integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish va boshqalar.
Qayd etilishicha, filialning ta’lim faoliyati 2022-2023 o‘quv yilidan boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas