Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda YTHga uchragan Nexia yonib ketdi

Jizzaxda YTHga uchragan Nexia yonib ketdi

Foto: FVV

Bugun, 5 yanvar kuni tushlik vaqtida M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati Do‘stlik tumani hududidan o‘tuvchi 942-kilometrida «Nexia»da yong‘in chiqdi.

Bu haqda Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga «101» qisqa raqami orqali ma’lumot kelib tushgan.

Hodisa joyiga Do‘stlik tumani FVBdan qutqaruvchilar bo‘linmasi yuborilgan. Shuningdek, yong‘in joyiga Sirdaryo viloyati Sardoba tumani FVB 8-sonli yong‘in-qutqaruv qismidan ham 1 ta bo‘linma yetib kelgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Aniqlanishicha, «Toshkent-Termiz» yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan «Nexia» shu yo‘nalishdagi yuk avtomobili bilan to‘qnashuvi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa borib urilgan va avtomobilda yong‘in kelib chiqqan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring