Jizzaxda yuk mashinalari to‘qnashib ketdi

Kecha, 21 iyun kuni Olmaota-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi qismida harakatlanib ketayotgan «DAF» yuk avtomashinasining tormozi ishlamay qolgan.
Yuk mashinasi yo‘lning tik nishablik qismidan tushayotgan bo‘lgan. Oqibatda oldindagi «Gaz-53» va «Isuzu» yuk avtomashinalariga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Natijada «Isuzu» haydovchisi avtomobil salonida qisilib qolgan.
Voqea joyiga yetib kelgan viloyat FVB yong‘in-qutqaruv otryadi xodimlari maxsus uskunalar yordamida haydovchini qutqarib qolgan.
Hozirda haydovchining ahvoli yaxshiligi aytilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter