Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxdagi YTH oqibatida ikki prokuratura xodimi vafot etdi

Jizzaxdagi YTH oqibatida ikki prokuratura xodimi vafot etdi

Joriy yilning 18 mart kuni Jizzax viloyati Zomin tumani prokuraturasi tergovchisi va prokuraturaning ish yurituvchisi va prokuratura ish o‘rganuvchi bo‘lgan avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchrab vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 18 mart kuni soat taxminan 23.00larda Zomin tumani prokurorining yordamchisi lavozimida ish o‘rganuvchi E.K. boshqaruvidagi Lacetti rusumli  avtomashinada Supa-Zomin yo‘nalishi 26 km.da harakatlanib kelib, yo‘lning o‘ng chetidagi daraxtga urilishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir etilgan.

Oqibatda, E.K. va avtomashina salonida bo‘lgan Zomin tumani prokuraturasi ish yurituvchisi A.Q.lar olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan, tuman prokuraturasi tergovchisi D.Z. tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan 19.03.2023 yilda viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring