Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jon Jons UFC rahbariyatiga jiddiy shart qo‘ydi

Jon Jons UFC rahbariyatiga jiddiy shart qo‘ydi

UFCning og‘ir vazndagi chempioni Jon Jons navbatdagi raqibi borasida fikrini bildirdi.

«Men Aspinall bilan jangga ahamiyat qaratmayapman. Menga Aleks Pereyra kerak. Bu men istagan jang. Agar UFC meni olib qolmoqchi bo‘lsa, shu jangni men uchun tashkil qilib berishi kerak. Men o‘z rejamni aniq aytdim. Endi hamma gap UFC rahbarlarida qoldi. Buning uchun kerak bo‘lsa, men og‘ir vazndagi kamarimni egasiz qoldiraman.

Menga superjanglar kerak. Ortiq yangi jangchilar bilan urushmayman. Men xavfli chempionlar bilan jang qilmoqchiman. Tom og‘ir vazndagi UFC chempionlik kamarini olib ketishi mumkin. Menga farqi yo‘q. Menga yarimog‘ir vazn chempioni Aleks Pereyrani bering. Bu men istayotgan yagona jang.

Balki, muxlislarga bu yoqmas, lekin men o‘z qarorimni aytdim. Xohlasangiz, meni qo‘rqoqlikda ayblang. Agar bugun jangim so‘nggisi bo‘lsa, unda roziman. Chunki men o‘z prezidentim Donald Tramp oldida kamarimni himoya qildim», — degan Jons.

Eslatib o‘tamiz, kecha AQShning Nyu-York shahrida raqamlangan UFC 309 turniri o‘tkazildi.

Oqshomning markaziy jangida og‘ir vazn chempioni Jon Jons Stipe Miochichni texnik nokaut bilan taslim etdi. Jons mazkur jangi uchun 15 mln AQSh dollaridan ko‘proq pul oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring