Jo‘rabek Mirzamahmudov Moskvada O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini oshirish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
Joriy yilning 14 aprel kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari Aleksandr Novak o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda Rossiya Federatsiyasidan neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish hajmlarini oshirish, shuningdek, energetika sohasidagi loyihalarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilingan.
Mavjud masalalarni hal etishda o‘zaro manfaatli asosda doimiy hamkorlik qilib borishga kelishildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter