Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Joriy haftada havo harorati 43 darajagacha isiydi

Joriy haftada havo harorati 43 darajagacha isiydi

Joriy yilning 14-16 may kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

14-mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, 15-16 mayda O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati kunduz kunlari 39-41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 42-43 darajagacha ko‘tariladi.

14-15 mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 16-17 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. 17-mayda ayrim joylarda ba’zida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring