Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Joriy yil 1-chorakda o‘rtacha oylik ish haqi qanchaga yetgani aytildi

Joriy yil 1-chorakda o‘rtacha oylik ish haqi qanchaga yetgani aytildi

O‘zbekistonda 2025-yil yanvar-mart oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 5 mln 796,1 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18 foizga o‘sgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, hududlar kesimida o‘rtacha eng baland oylik ish haqlari Toshkent shahrida – 9 mln 889,1 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,7 foizga o‘sganligi kuzatildi. Shuningdek, keyingi o‘rinlarda Navoiy (7 mln 330,9 ming so‘m, o‘sish – 112,6 foiz) hamda Toshkent (5 mln 435,6 ming so‘m, o‘sish –114,3 foiz) viloyatlari qayd etilgan.

Hisobot davrida eng kam hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqlari esa Qashqadaryo (4 mln 79,8 ming so‘m, o‘sish –113,7 foiz), Farg‘ona (4 mln 203 ming so‘m, o‘sish – 113,7 foiz) va Surxondaryo (4 mln 209,1 ming so‘m, o‘sish – 119,1 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori o‘sish sur’atlari axborot va aloqa sohasida qayd etilgan. Xususan, bu sohada 2024 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 126,8 foizni tashkil qilgani, ish haqi miqdori esa 14 mln 818,4 ming so‘mga yetganligi kuzatildi.

Shuningdek:

  • san’at, ko‘ngil ochish va dam olish yo‘nalishlarida o‘sish 20,2 foiz (ish haqi miqdori 4 mln 831,3 ming so‘m);
  • bank, sug‘urta, lizing, kredit va moliyaviy vositachilik faoliyati sohasida o‘sish 19,8 foiz (ish haqi miqdori 15 mln 847,9 ming so‘m);
  • ta’lim sohasida o‘sish 17,7 foiz (o‘rtacha ish haqi 4 044,2 ming so‘m). 
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring