Joriy yil so‘nggiga qadar Toshkentdagi daraxtlar pasportlashtiriladi

Toshkent shahar hokimining 2023-yil 19-dekabrdagi poytaxtda yashillik darajasini yanada oshirish, «Yashil makon» umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlashga doir qarorni imzoladi.
Mazkur qarorda hokimlikning Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda tuman hokimliklariga Toshkent shahri hududidagi daraxtlarni pasportlashtirish bosqichlari bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan.
Unga ko‘ra, daraxtlarni pasportlashtirishning birinchi bosqichida (2024-yil 1-martga qadar) aerokosmik tasvirlar va dasturiy vositalardan foydalangan holda mavjud daraxtlar to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi (yakka tartibdagi uy-joylar hududidagi daraxtlar bundan mustasno).
Ikkinchi bosqichida (2024-yil 1-noyabrga qadar) esa xatlov natijasiga ko‘ra aniqlangan daraxtlarning turi, yoshi, bo‘yi, holati va joylashuv koordinatasini aks ettiruvchi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
Mazkur loyihaning uchinchi bosqichida (2024-yil 31-dekabrga qadar) ma’lumotlar bazasi asosida «Yashil makon» elektron platformasida har bir daraxtga pasport shakllantiriladi va ID raqam beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas