Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST: 2022-yil — COVID-19 pandemiyasining so‘nggi yili bo‘lishi kerak

JSST: 2022-yil — COVID-19 pandemiyasining so‘nggi yili bo‘lishi kerak

Foto: WHO.INT

2022-yil o‘rtalariga qadar har bir mamlakat aholisining kamida 70 foizini COVID-19ga qarshi vaksinatsiyalashi shart. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rasmiy vakili Tarik Yazarevich shunday bayonot berdi.

«Agarda eng zaif qatlamdan boshlab aholini emlasak, pandemiyaning o‘tkir bosqichiga xotima qo‘yishimiz mumkin. Vaksinatsiyalash borasida mamlakatlar o‘rtasida hanuz katta jarlik bor. Ana shu tengsizlikka barham bersak, pandemiyani ham yo‘qota olamiz», — dedi u.

«2021-yil aksariyatimiz uchun og‘riqli yil bo‘ldi. Bundan saboq chiqarishimiz kerak», — deya ta’kidlagan JSST vakili 2022-yil COVID-19 pandemiyasining so‘nggi yili bo‘lishi va birdamlikda yangi davr boshlanishiga umid bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring