Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST dunyoni yangi xatardan ogohlantirmoqda

JSST dunyoni yangi xatardan ogohlantirmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti epidemiologi Richard Pibodi dunyoda parranda grippi (H5N1) pandemiyasi boshlanishi xavfidan ogohlantirdi.

Chunki mazkur virus tez mutatsiyaga uchrab, nafaqat qanotli jonzotlar, balki bemor insonlardan ham yuqish hamda keng tarqalish xususiyatiga ega. Eng yomoni, u odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin.

«Shu bois yangi pandemiyaga tayyor turishimiz kerak. Hozir ilmiy hamjamiyat viruslarni kuzatmoqda va agar zarurat tug‘ilsa, maxsus vaksinalar ishlab chiqariladi» — deydi ekspert.

Epidemiologning qayd etishicha, odamlar infeksiyadan zararlangan va halok bo‘lgan hayvonlarga yaqinlashmasliklari zarur.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring