Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST kimlar haliyam koronavirus oldida zaif qolayotganini ma’lum qildi

JSST kimlar haliyam koronavirus oldida zaif qolayotganini ma’lum qildi

Foto: «Ifoundmydoctor.com»

Dunyo bo‘yicha haddan tashqari kam odamlar COVID-19 bilan kasallanishdi, aksariyati virus oldida zaif qolmoqda, shu bois hushyorlikni yo‘qotmaslik kerak, dedi JSSTning sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan.

«Kamdan-kam odamlar virusni yuqtirib olib, immunitet hosil qilishdi. Dunyo aholisining aksar qismi virus oldida zaif qolayotganini yodda tutish kerak», — dedi Rayan Jeneveda bo‘lib o‘tgan brifingda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda odamlarning muayyan guruhlari orasida virus tarqalishi katta xavf solmoqda. Shu bois JSST hammani vaziyatga mas’uliyat bilan yondoshishga, imkon qadar odamlar gavjum joylarga bormaslikka va niqob taqishga chaqirmoqda.

«Sokinlik to‘fondan chiqqanimizni bildirishi mumkin... Lekin to‘fonning markazida bo‘lishimiz mumkinligini ham unutmasligimiz kerak», — deya qo‘shib qo‘ydi JSST dasturi direktori.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi. JSSTning ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 20 milliondan ortiq kishi kasallikka chalingan bo‘lib, ulardan 737 ming nafari vafot etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring