Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST Rafahdagi holatdan juda xavotirda

JSST Rafahdagi holatdan juda xavotirda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Isroilning ko‘pchilik g‘azoliklar boshpana topgan Rafah shahriga hujumlari soni ortib borayotganidan juda xavotirda ekanligini aytdi.

— G‘azoliklarning ko‘pchiligi xavfsizlik izlab panoh topayotgan Rafahga Isroil hujumlari ortib borayotgani bizni juda xavotirga solmoqda, — dedi Gebreyesus va Isroilning quruqlikdagi hujumlari boshlangandan keyin Rafahdan taxminan 30-40 ming kishi qochib ketganini ta’kidladi.

Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, Rafahda 1,4 million kishi, jumladan, 600 ming bola xavf ostida yashamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring