Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST rahbari koronavirusga qarshi emlandi

JSST rahbari koronavirusga qarshi emlandi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Twitter orqali koronavirusga qarshi emlanganligini ma’lum qildi. Lekin u preparatning nomini oshkor qilmadi.

U mamlakatda vaksina bo‘lsa, barchani COVID-19ga qarshi emlanishga chaqirdi.

«Bugun Jeneva universiteti shifoxonasida COVID-19ga qarshi emlanish uchun mening navbatim keldi. Agar siz ham menga o‘xshab, vaksinalar mavjud bo‘lgan mamlakatda yashasangiz, iltimos, navbat kelganda emlaning», — deb yozdi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring