Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST Xitoyning Sinopharm vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi

JSST Xitoyning Sinopharm vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi

Foto: «Sebastián Granata/Latin America News Agency via Reuters Connect»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Xitoyning koronavirusga qarshi Sinopharm vaksinasini favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun tavsiya etilgan ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda tashkilot bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesusga asoslanib TASS xabar bermoqda.

«Bugungi kunda JSST Pekin Sinopharm vaksinasini COVID-19ga qarshi favqulodda foydalanish uchun tavsiya etilgan dorilar ro‘yxatiga kiritdi», — dedi JSST rahbari brifing davomida.

Uning ta’kidlashicha, Xitoy preparati ushbu tashkilot tomonidan favqulodda holatlarda tasdiqlangan oltinchi vaksinadir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring