JSST yanada xavfli pandemiya bilan qo‘rqitmoqda
Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti vakillari insoniyat uchun COVIDdan ham xavfliroq yangi pandemiyani bashorat qilmoqda.
Kuni kecha, 23 may kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan yillik assambleyada JSST rahbari Tedros Gebreyesus yangi pandemiya xavfini inkor etib bo‘lmasligini aytdi.
«Yangi kasallik va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa variantning [COVID] paydo bo‘lish xavfi saqlanib qolmoqda. Bundan tashqari, yanada halokatli potensialga ega bo‘lgan yangi patogenning paydo bo‘lishi xavfi mavjud», dedi tashkilot bosh direktori.
Tedros Gebreyesus, shuningdek, butun dunyoni kelajakda tahdidga birdek javob berishga tayyor bo‘lishga chaqirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter