JSSTdan xushxabar!
28 kun davomida jahon bo‘yicha koronavirus bilan kasallanishlar va uning oqibatidagi o‘limlar soni anchagina kamaydi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bayonot berdi.
JSST 23-yanvardan 19-fevralgacha bo‘lgan statistikani e’lon qildi. Bu davrda yangi kasallanish holatlari 5,3 mln atrofida, o‘lim holatlari 48 mingtadan ko‘proqni tashkil etgan. Bu tegishlicha oldingi 28 kunlik (to‘rt haftalik)ka nisbatan 89 foiz va 62 foiz kamayishni anglatadi.
2023-yilning 22-fevral holatiga, koronavirus pandemiyasi davridagi jami kasallanish holatlari 757 milliontaga, kovid qurbonlari soni 6,8 mln nafarga yetdi.
JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreisus, mamlakatlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, pandemiya 2023-yilda nihoyat yakunlanishi mumkinligini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter