Juma namozi paytida Qunduzda masjid portladi

Afg‘onistonning Qunduz viloyatidagi masjidlardan birida juma namozi paytida kuchli portlash sodir bo‘ldi.
Portlash oqibatida hozircha 30 kishi halok bo‘lgani ma’lum, 70 dan ortiq odam jarohat olgan. Guvohlarga ko‘ra, qurbonlar yanada ko‘p bo‘lishi mumkin.
Ayni paytda qutqaruv-qidiruv ishlari olib borilmoqda. Jarohatlanganlar shifoxonaga olib ketilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter