Jurnalistika universitetida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Dotsent Nozima Muratova.
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining rahbar xodimlari tasdiqlandi, deb xabar bermoqda «Kun.uz».

Jumladan, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Alisher Matyoqubov universitetning o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlangan.

Filologiya fanlari doktori, professor Fayzulla Mo‘minov «Ilmiy va innovatsion ishlar bo‘yicha prorektor» vazifasiga qo‘yilgan.
Shuningdek, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Nozima Muratova «Internet jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar» fakulteti dekani lavozimiga tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 24-mayida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil qilingan edi. Mazkur universitetga Xalqaro Press-klub raisi Sherzod Qudratxo‘jayev rektor etib tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter