Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalistlar ko‘chada qolmasin — Shavkat Mirziyoyev

Jurnalistlar ko‘chada qolmasin — Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga yo‘l olgani xabar berilgandi. 

Prezident Uzbekistan GTL zavodiga vertolyotda yetib keldi va ochilish marosimidan avval mutasaddilar taqdimoti bilan tanishdi.

— Har bir kon bu Xudoning bizga bergan marhamati, ne’mati, imkoniyati. Bu imkoniyatdan foydalanganda Xudodan qo‘rqib, bandasidan uyalib, pok bo‘lib ish olib borilsa, ilm va innovatsiya birlashtirilsa, natija kutilganidan ham ziyod bo‘ladi. Bu majmua salohiyati ko‘zlanganidan 2-3 baravar ko‘proq. AQSh, Kanada, Rossiyadan hamkorlar kelyapti bizga. Ular potensialni yuqori baholayapti, ishonyapti. Hamkorlar bilan innovatsion texnologiya bo‘yicha ish olib borishimiz zarur.

Menga fevral oyida taqdimot qilasizlar (mutasaddilarga qarata). Kafolatlangan xomashyo kerak bu majmuaga. Xudo xohlasa, 2022-yil 1 mart kuni majmua to‘liq rejimga o‘tadi. Har bir kun g‘animat. Biz xalq manfaati uchun har bir kunni g‘animat bilib, ishlashimiz, tezroq to‘liq quvvat ish rejimiga o‘tishimiz kerak,—dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev doimgidek tevarak-atrofga diqqatli ekanini ko‘rsatdi. Taqdimotga kirishdan avval 5-7 daqiqa ko‘chada jurnalistlar bilan suhbat bo‘ldi. Qishning kuni, sovuqqina. Taqdimotga kirishi bilan Prezident aytdi:

— Ayollarimiz, jurnalistlarimiz ko‘chada qolishmasin. Issiqqa kirishsin.

Prezidentning Qashqadaryo safari davom etadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring