Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalistlar uchun maxsus «Huquqshunoslik jurnalistikasi» kurslari tashkil etiladi

Jurnalistlar uchun maxsus «Huquqshunoslik jurnalistikasi» kurslari tashkil etiladi

Foto:«Xabar.uz»

Adliya vazirligi va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorlikda jurnalistlar uchun huquqiy bilimlar beriladigan kurs tashkil etadilar. Bu haqda universitet rektori Sherzod Qudratxo‘jayev Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan «Islohotlar davrida ommaviy axborot vositalari: axborot transformatsiyasi va kasb etikasi muammolari» mavzusida seminar-treningda ma’lum qildi.

«Biz Adliya vazirligi bilan kelishgan holda  6 haftalik, 144 soatdan iborat huquqshunoslik jurnalistikasi kurslarini ochamiz» dedi Qudratxo‘jayev. Mazkur kurslarni tashkil etishda shuningdek, Bosh prokuratura va Oliy sud bilan hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan.

Qudratxo‘jayevning fikricha, kurslarda huquqiy sohaga oid eng zarur bilimlar beriladi va bu internet OAVlarni sifatli kontent bilan boyitishga yordam beradi.

Avvalroq, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov 2018 yilning birinchi yarmida 41 mingdan ziyod kishi tuhmat va haqoratda ayblanib, javobgarlikka tortilgani haqida ma’lum qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring