Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kadastrlar palatasi muhandisi pora bilan qo‘lga tushdi

Kadastrlar palatasi muhandisi pora bilan qo‘lga tushdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

IIVning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar S.B. va S.X. fuqaro B.ga Karmana tumani «Nurafshon» MFY hududidan 15 sotix bo‘sh yer maydonini kadastr bo‘limida ishlovchi «A» ismli tanishi orqali rasmiylashtirib berish orqali 90 mln so‘mga sotishga kelishib, evaziga 8 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, S.X.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Davlat kadastrlar palatasi Karmana tumani filiali kadastr muhandisi vazifasida ishlovchi A.E. o‘z xizmat xonasida 900 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring