Kafedagi tandirlar buzilishi ortidan Shahrixon hokimi jazolandi
Shahrixon tumani hokimiga hayfsan berildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrixon tumanida havo ifloslanishini oldini olish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari tasvirlari tarqaldi.
Reyd davomida guruh rahbari tuman hokimining ko‘rsatmasi bilan umumiy ovqatlanish ob’yektlaridagi tandirlarga zarar yetkazilgan.
Ushbu holat zudlik bilan o‘rganilib, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan tuman hokimiga intizomiy jazo chorasi sifatida hayfsan berildi, deyiladi Andijon viloyati hokimligi xabarida.
Bunday holatlarni takrorlamaslik borasida tushuntirish ishlari olib borildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter